Byuro bajargan ishlarning bir qismi. Portfel to'ldirib boriladi.
Toshkentning Yashnobod tumanida, Farg'ona yo'li bo'ylab 9,5 gektar hududda joylashgan 16 qavatli 44 blokdan iborat turar-joy majmuasi: 4 459 ta xonadon, maktab, bog'cha va dam olish zonalari.
Navoiy shahri «Yoshlik» mahallasida 0,7609 gektar (7 609 m²) yer maydonida loyihalashtirilgan 2 ta 12 qavatli turar-joy binolari. Majmuada savdo va noturar xonalar, umumiy hovli, obodonlashtirilgan yashil hudud hamda infratuzilma inshootlari koʻzda tutilgan.
Navoiy shahri «Yoshlik» mahallasida 2,43 gektar maydonda loyihalashtirilgan 12 qavatli 7 ta blokdan iborat turar-joy majmuasi. Majmuada savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obektlari, rivojlangan infratuzilma hamda obodonlashtirilgan yashil hududlar ko‘zda tutilgan
Olmaliq tumanida joylashgan 9 qavatli turar-joy binosi: 1-qavatda savdo va xizmat ko'rsatish bloklari, yerto'lada trenajyor zali va omborxonalar, tomda quyosh panellar mavjud.
Navoiydagi Alisher Navoiy istirohat bog'ida IT xizmatlari markazi ofis binosi loyihasi: yerto'la, 5 ta yer usti qavati va tom terrasasi.
Navoiydagi ambulatoriya qabuli, diagnostika, operatsiya bloki va palatalarni jamlagan 4 qavatli ko'p tarmoqli klinika.
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 20 ta o'quv xonasiga ega, yerto'la qavatli 3 qavatli o'quv markazi; qurilish osti maydoni 330,17 m².
Samarqand viloyati, Qoʻshrabot tumanidagi 64-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi hududida 360 oʻrinli yangi zamonaviy oʻquv binosi loyihasi.
Qozog'iston, Turkiston shahridagi «DINARA Cake & Bakery» ikki qavatli savdo-jamoat ovqatlanish binosi: qandolat do'koni, panoramali zal va tomdagi terrasa.
Qozog'iston, Turkiston shahridagi 4 qavatli aralash foydalanishdagi bino: 1–2-qavatlarda savdo va tijorat, 3–4-qavatlarda turar-joy.
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi ikki qavatli savdo markazi: qurilish mollari do'konlari, savdo-ofis zali va tomda quyosh panellari.
Toshkent viloyati, Yangiyo'l tumanida ikki qavatli xususiy uy: ikki alohida bino, hovlida ochiq basseyn, dam olish terrasasi va yozgi oshxona.
Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumanidagi yerto'lali ikki qavatli yakka tartibdagi uy: yer uchastkasi 360 m², qurilish osti maydoni 256,4 m².
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida 1500 m² yer uchastkasidagi yerto'lali ikki qavatli yakka tartibdagi turar-joy uyi.
Xorazm viloyatidagi 5000 m² maydonli hududda joylashgan ikki qavatli villa, 2026-yil loyihasi.
Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumanida, 430 m² yer uchastkasida joylashgan neoklassik uslubdagi ikki qavatli uy loyihasi.
Toshkent shahri, Yashnabod tumanidagi 2 qavatli uy loyihasi.
Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan ikki qavatli uyni rekonstruksiya qilish uchun dizayn loyihasi.
Toshkentning Mirzo Ulug'bek tumanidagi ikki qavatli xususiy turar-joy uyi.
Qozog'iston, Turkiston shahrida joylashgan ikki qavatli turar-joy uyi loyihasi.
Toshkent shahar Yunusobod tumanida, 300 m² yer uchastkasida joylashgan neoklassik uslubdagi ikki qavatli turar-joy uyi.
Toshkentning Mirzo Ulug'bek tumanidagi ikkita oilaga mo'ljallangan, 670 m² yer uchastkasida joylashgan neoklassik uslubdagi ikki qavatli uy.
Toshkentning Yashnobod tumanidagi ikkita oilaga mo'ljallangan neoklassik uslubdagi ikki qavatli uy, yer uchastkasi maydoni 400 m².
Navoiy shahrida joylashgan hi-tech uslubidagi ikki qavatli turar-joy uyi loyihasi, yer uchastkasi maydoni 390 m² (3,9 sotix).
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi ikki qavatli turar-joy uyi, qurilish maydoni 170 m².
Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumanidagi 790 m² yer uchastkasida joylashgan ikki qavatli turar-joy uyi.
Toshkent shahri, Bektemir tumanida 4 sotix yer maydonida joylashgan 2 qavatli xususiy turar-joy: kolonna va balkonli fasad, shinam hovli.
Qozogʻiston Respublikasi, Turkiston shahrida 10 sotix yer maydonida barpo etilgan 2 qavatli xususiy turar-joy: kolonnali va balkonli neoklassik fasad, keng hovli, kirish navesi bilan.