Toshkent shahri · 2025 · Turar-joy
«Obod Maskan» turar-joy majmuasi
- Turi
- Turar-joy
- Joylashuv
- Toshkent shahri, Uchtepa tumani
- Yil
- 2025
- Qavatlar soni
- Ko‘p qavatli
- Byuro hajmi
- To'liq tsikl loyihalash
Loyiha haqida
«Obod Maskan» 3,2 gektar hududda joylashgan, 20 ta 16 qavatli monolit binodan iborat
«Obod Maskan» turar-joy majmuasi — zamonaviy me’morchilik, tabiat bilan uyg‘un muhit va yuqori darajadagi qulaylikni o‘zida mujassam etgan premium turar-joy majmuasi. Har bir element zamonaviy shahar hayotining ehtiyojlariga mos ravishda puxta loyihalashtirilgan. Majmua o‘zining nafis fasadlari, keng panoramali derazalari, yorug‘ xonadonlari va funksional rejalashtirilgan makonlari bilan ajralib turadi. Birinchi qavatlarda savdo, restoran va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashgan bo‘lib, aholining kundalik ehtiyojlarini majmua hududining o‘zida qondirish imkonini beradi. Ichki hovli avtomobillardan xoli konsepsiya asosida tashkil etilgan. Bolalar o‘yingohlari, sport maydonchalari, veloyo‘laklar, piyodalar xiyobonlari, dam olish maskanlari va keng yashil hududlar barcha yoshdagi aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratadi. 24/7 xavfsizlik, videokuzatuv, nazorat qilinadigan kirish tizimi va zamonaviy infratuzilma har bir xonadon egasiga xotirjam va sifatli hayot tarzini taqdim etadi. ART HOUSE — bu shunchaki turar joy emas, balki zamonaviy, faol va farovon hayot uchun yaratilgan yangi avlod yashash maskani.
